23:20 / 18.09.2017
8 026

Shevrole belgisi xochmi?

Shevrole belgisi xochmi?
Savol: Shevrole rusumli avtoulovlar belgisi nasroniylarning xochiga o‘xshab ketadi. Bunday ko‘rinishga ega belgi musulmonning shaxsiy ulovida o‘rnatilgan bo‘lishi joizmi?

Javob: Shevrole avtoulovlarida xochnusxa belgining o‘rnatilishining o‘z tarixi bor. Bu haqdagi rivoyatlarning eng mashhuriga ko‘ra Shevrolening “kapalaknusxa galstuk”li belgisi birinchi bor 1913 yilda ishlatilgan. Kompaniya hammuassislaridan biri, injener Uilyam Derant Parij mehmonxonalaridan biri devorlarida kapalak nusxa galstuk tasvirlangan zarqog‘ozlarni ko‘rib, undan bir parchani yirtib oladi va ushbu shaklni o‘zlari ishlab chiqaradigan avtoulovlarga belgi qilishni do‘stlariga tavsiya etadi. Demak bu belgining xochga aloqasi yo‘q ekan.

Qolaversa har bir hoch shaklli narsalarni nasroniylarning hochi deyaversak, unda hayotimizni juda qiyin qilib olamiz. Chunki chorrahalar, simyog‘ochlar, tepadan qaragandagi binolar, liboslarimizdagi kesishgan chiziqlar va yana qanchalab narsalar ushbu belgiga o‘xshab ketadi.

Bugungi kunda musulmonlarning narsalarda hoch qidirishdan ko‘ra muhim ishlari bisyor. Shaklga emas, mazmunga qarash oqillarning ishi.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Shevrole belgisi xochmi?