Rossiyaning Samara va Leningrad viloyatlarida GM avtomobillari yig‘ilishiga doir muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqida 3 oktyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya biznes forumida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
"Samara va Leningrad viloyatlarida GM Uzbekistan avtomobillarining sanoat yig‘ilishini tashkil qilishga doir muzokaralar olib borilmoqda", - dedi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov.
Shuningdek biznes-forumda ma’lum qilinishicha, og‘ir yuk avtomobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va "KAMAZ" bosh konveyerida avtotexnikani yig‘ish uchun O‘zbekistondan komponentlarni yetkazish bo‘yicha "KAMAZ" OAJ bilan muzokaralar olib borishga erishilgan. Avtosanoat korxonalari tomonidan UAZ va AvtoVAZ konveyr guruhiga ehtiyot qismlarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi bazasida "Rostselmash" kompaniyasi bilan yig‘im-terim texnikasini sanoat yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek "Rostex" davlat korporatsiyasi bilan yuqori texnologik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir hamkorlikka ham katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston buning uchun barcha kulay sharoitlarni yaratishi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi