
Xavfsizlik yostiqchasidagi muammo sabab butun dunyodan milliondan ortiq Mercedes-Benz avtomobili qaytarib olinadi. Bu haqda Darakchi nashri ma’lum qildi.
Sky News telekanali oldinroq Buyuk Britaniyadan 400 ming Mercedes-Benz avtomobili qaytarib olinganini ma’lum qilgandi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, yana 495 mingta avtomobil AQShdani qaytarib olingan, 76 mingtasi Kanadadan va bir necha yuz ming avtomobil Germaniyadan.
Buning sababi nosozlik bo‘lib, uning oqibatida avtomobildagi xavfsizlik yostiqchalari behosdan ochilib ketavergan. Reuters nashrining yozishicha, nosozlik sabab haydovchilarning ayrimlari yengil tan jarohatlari olishgan.
O‘lim holatlari qayd etilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar