date

Yangi Nexia’ning birinchi fotosurati e’lon qilindi

Yangi Nexia’ning birinchi fotosurati e’lon qilindi

Ilgariroq ma’lum qilinganidek, yaqinda Daewoo avtomobillari rebrending qilinib, Rossiyada Ravon brendi ostida sotila boshlaydi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Shu bilan birga, Rossiyaga realizasiya qilinayotgan avtomobillar modellarining nomlarida ham o‘zgarishlar bo‘ladi: Ravon Matiz, Ravon Nexia va Ravon Gentra.

Bundan tashqari, Ravon brendi Nexia sedanining yangi avlod prototipini taqdim etdi. Bu birinchi avlod Chevrolet Aveo’ning qayta ishlangan versiyasidir.

Brendning rasmiy saytida xabar qilinishicha, Aveo’ning bu nusxasi 1984 yil namunasidagi Opel Kadett asosida ishlangan Nexia’dan ancha zamonaviyroqdir.
Mashinaning xususiyatlari borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Yangi Nexia’ning birinchi fotosurati e’lon qilindi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari