
Infiniti Detroyt avtosalonida taqdim etilishi lozim bo‘lgan flagman sedanining ilk fotosini e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Kompaniya konseptning na texnik xususiyatlari, na nomini oshkor etdi.
Infiniti ijrochi direktori Karim Habibga ko‘ra, «yangi konseptual avtomobil sedanning an’anaviy tuzilishini evolyutsiyaning keyingi bosqichiga olib chiqadi».
Avtomobil yangi texnologiyalar va sport ko‘rinishini olishi, shuningdek, kompaniyaning to‘liq elektr modeli darakchisi ekanligi bildirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar