date

Audi TT Sportback modelining seriyali versiyasi Guanchjouda namoyish etiladi

Audi TT Sportback modelining seriyali versiyasi Guanchjouda namoyish etiladi

Kelgusi hafta Guanchjoudagi avtosalonda Audi TT Sportback rusumining taqdimoti o‘tkaziladi, deb yozmoqda Carzone.uz. To‘rt eshikli avtomobil Volkwagenning MQB platformasi asosida bunyod etilgan. Mashinaning seriyali versiyasi TFSI turbolashgan dvigatelga ega, motorning quvvati 230 ot kuchiga teng. Bu Audi TT Sportback rusumining standart komplektasiyasidir. Undan tashqari motor quvvati 310 ot kuchiga teng model ham ishlab chiqariladi.

Avtomobil bozorlariga TDI va TFSI — ikki litrli dvigatelga ega modellar jo‘natiladi. Xaridorda old uzatmali yoki to‘la uzatmali Quattroni va olti pog‘onali mexanika yoki S-Tronic avtomatni tanlash imkoni bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Audi TT Sportback modelining seriyali versiyasi Guanchjouda namoyish etiladi