15:56 / 28.01.2018
6 439

Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi

Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi
Ford yangi biznes-model ustida ishlash uchun ikki kompaniyani qo‘lga kiritgani haqida e’lon qildi — Autonomic va TransLoc. Ushbu biznes-model odamlarni tashish va tovarlarni yetkazish uchun mo‘ljallangan avtonom transport ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Bu haqda «Digital Trends»ga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Haydovchisiz qurilmalar Ford'ga turli servislar uchun qo‘llash va keyinchalik xizmat ko‘lamini kengaytirish mumkin bo‘lgan qulay va mobil transport infratuzilmasini yaratishga yordam beradi. TransLoc kompaniyasining dasturiy ta’minoti yangi transport tizimidagi asosiy bo‘g‘in bo‘ladi, zero u avtomobillar uchun optimal yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi. Kompaniya shuningdek Transportation Mobility bulut servisini ishlab chimoqchi, uning yordamida transport va shahar infratuzilma ob’ektlari bir-biri bilan oson va qulay aloqada bo‘ladi.

Bundan tashqari, haydovchisiz texnologiyalarni politsiya mashinalariga nisbatan ham qo‘llashmoqchi. Har holda, Ford shunday patentga ariza bergan. Avtonom politsiya mashinalari xodimlar hayotiga xavf solmay, qoidabuzarlarni kuzatish imkonini beradi. Yangi dasturiy ta’minot haydovchilik ko‘nikmalari sabab qo‘lga olish qiyin bo‘lgan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlar yo‘nalishini oldindan hisoblab chiqishi mumkin.

Sun’iy intellekt haydovchisiz politsiya mashinalariga qoidabuzarlarni yaxshiroq kuzatish, ularga tezroq yetib olish imkonini beradi. Bu jarayonda politsiya xodimi haydovchi kreslosida o‘tirishi, lekin uni mustaqil boshqarmasligi mumkin.

Albatta, patentga ariza berish 1-2 yildan keyin shunday patrul mashinalarining yo‘llarda paydo bo‘lishini kafolatlamaydi. Kompaniya shunchaki raqiblarda shunday g‘oyaning paydo bo‘lish holatlarining oldini olib qo‘ymoqchi.

Uzoq vaqt aynan Ford haydovchisiz texnologiyalar bozorida yetakchi hisoblangan. Biroq General Motors o‘zining dadil rejalari va biznes-strategiyasi sabab kompaniyani birinchi o‘rindan siqib chiqardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi