
AQShda 17 ta turli avtomobil modelidan yig‘ilgan antiqa mashina sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Mice Time of Asia portali xabar bermoqda.
Portalning ta’kidlashicha, ushbu transport vositasi egasi o‘z “Frankenshteyn-mashina”si uchun 25 ming dollar so‘ramoqda. Avtomobil hujjatga ko‘ra 1939 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinasi sifatida qayd qilingan, ammo bu mashinadan unda bir necha tashqi detallargina qolgan.
Mashina 5,7 litrli, 8 silindrli dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil turli yillardagi Chevrolet, Cadillac va Ford modellari hamda AMC Javelin, Buick, GMC 350, Oldsmobile va Pontiac’dan yig‘ilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar