Avtomobillar bo‘yicha mutaxassislar haydovchilarning avtomobillarga eng ko‘p zarar keltiruvchi odatlari ma’lum qilindi. Haydovchilarning bu odatlari mashinaning xizmat qilish muddatini jiddiy qisqartirishi mumkin.
Haydovchilarning zararli odatlari “xit-paradi”ning 1-o‘rniga texnik xizmat ko‘rsatish muddatlariga amal qilmaslik qo‘yildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avtomobilning xizmat qilish muddati moy, filtrlar va shu kabilarning o‘z vaqtida almashtirilishi hisobiga uzaytirilishi mumkin.
2-o‘ringa haydovchi tomondan asboblar panelidagi ogohlantiruvchi signallarning rad etilishi, 3-o‘ringa uzatmalar qutisidan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik qo‘yildi.
“Strat-stop” rejimida harakatlanish 4-o‘ringa “loyiq” zarariy odat deb topildi. Bunda avtomobil tez harakatlantirilib, tez to‘xtatiladi. Bu yonilg‘ining ko‘p sarflanishi va tormoz kolodkalari yeyilishidan tashqari, avtomobilning qolgan tizimlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nihoyat, 5-o‘ringa eski g‘ildiraklarning yangisiga o‘z vaqtida almashtirilmasligi qo‘yilgan. Mutaxassislar eski g‘ildiraklarda yurish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi