"Yandeks"da kompaniyaning haydovchisiz avtomobil prototipi Moskva ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgani namoyish etilgan video taqdim etildi. Rolik YouTube'ning "Yandeks.Taksi" kanaliga joylandi.
"Yandeks" o‘tgan yilning noyabrida avtopilot sinovlariga start bergan. O‘shanda mashinalar yopiq hududlar bo‘ylab harakatlangan, endi esa ular barcha birdek foydalanuvchi umumiy ko‘chalarda sinalgan. Bu avtomobil turargohlardagi mashinalarni chetlab o‘tib, yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborib, soatiga 20-30 kilometr tezlikda harakatlangan.
Kompaniya elektronikani noqulay shart-sharoitlarda to‘g‘ri yo‘nalish olishga o‘rgatmoqda, ya’ni ular hozirda qor bilan qoplangan ko‘chalar va belgilar bo‘ylab harakatlanmoqda. Bundan tashqari, "Yandeks" yaxmalak sharoitlarida harakatlanishning maxsus algoritmlarini ishlab chiqmoqchi.
"Yandeks" avtopilotli ilk prototipini 2017 yilning bahorida namoyish qilgandi. Kompaniyaning sinovdagi avtomobillari Toyota Prius gibridi bazasida qurilgan, shuningdek Velodyne va Nvidia firmalari qurilmalari bilan jihozlangan. Rossiya kompaniyasi dasturiy ta’minotni mustaqil tayyorlamoqda. Ushbu rolikni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi