
Lada.uz saytida Lada Vesta SW va Vesta SW Cross avtomobillarining yangi narxlarini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra Vesta SW avtomobilining turli opsiyalariga qarab narxlar o‘zgaradi. 100 kmga 7 litr yonilg‘i sarflovchi Vesta SWning narxlari quyidagicha.
- 1,6 litrli (106 ot kuchiga ega), 5MT / Comfort 113 500 000 so‘m;
- 1,6 litrli (106 ot kuchiga ega), 5MT / Luxe / Multimedia 127 900 000 so‘m;
- 1,8 litrli (122 ot kuchiga ega), 5MT / Luxe / Prestige 137 900 000 so‘m;
- 1,8 litrli (122 ot kuchiga ega), 5AMT / Luxe / Prestige 141 900 000 so‘m.
Shuningdek, avtosalonda “Lada”ning 100 kmga 7,5 litr yonilg‘i sarflovchi Vesta SW Cross versiyasini xarid qilish imkoniyati ham bor.
- 1,6 litrli (106 ot kuchiga ega), 5MT / Luxe 133 400 000 so‘m;
- 1,8 litrli (122 ot kuchiga ega), 5MT / Luxe / Prestige 145 900 000 so‘m;
- 1,8 litrli (122 ot kuchiga ega), 5AMT / Luxe / Prestige 149 900 000 so‘m.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar