date

Toshkentda uch yilda 400ta yangi bekat quriladi

Toshkentda uch yilda 400ta yangi bekat quriladi

Toshkentda yaqin yillar ichida jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun 400ta yangi bekat quriladi. Bu haqda, Toshkent arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojievga asoslanib, “Podrobno.uz” nashri xabar berdi.

Tojievning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi avtobus yo‘nalishlari bo‘ylab joylashtiriladigan bekatlar uchun loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bekatlar zamonaviy ko‘rinishlarda va kioskalarsiz bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Tojiev ayni paytda bekatlar dizayni uchun tanlov e’lon qilingani hamda bu bekatlar qurilishida sharqona me’morchilik uslubidan foydalanishini ma’lum qilgan.

Qayd etishlaricha, ushbu bekatlar qurilishida Sergelidagi qurilish materiallari zavodi mahsulotlaridan foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq Toshkentning ba’zi ko‘chalariga har biri o‘rtacha 40 million so‘mdan tushgan zamonaviy oynavand hamda kondisionerlarga ega bo‘lgan “JCDecaux” bekatlari o‘rnatilgan edi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkentda uch yilda 400ta yangi bekat quriladi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari