14:16 / 26.02.2018
7 001

Rossiyadagi eng ommabop xorijiy avtomobillar e’lon qilindi (unda Nexia ham bor)

Rossiyadagi eng ommabop xorijiy avtomobillar e’lon qilindi (unda Nexia ham bor)
“Avtostat” tahliliy agentligi Rossiyada eng ommabop bo‘lgan xorijiy avtomobillar reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatda birinchi pog‘onani Ford Focus egalladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, mamlakatda joriy yil boshidagi holatga ko‘ra shunday modeldagi 715 mingta mashina bor. Ikkinchi o‘rinda 699 mingta nusxa bilan Toyota Corolla joylashdi. Kuchli uchlikka Hyundai Solaris yakun yasab berdi, Rossiyada 2018 yil yanvar boshida 674 mingta shunday avtomobil bo‘lgan.

Eng ommabop xorijiy avtomobillar o‘ntaligiga KIA Rio, Renault Logan, Chevrolet Niva, Daewoo Nexia, Volkswagen Polo, Toyota Camry va Volkswagen Passat ham kirgan.

Agentlikning eslatishicha, Rossiyada joriy yilning boshida hammasi bo‘lib 26 millionta xorijiy avtomobil bo‘lgan, bu Rossiyadagi yengil avtomobillar bozorining barcha hajmidan qariyb 61 foizni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyadagi eng ommabop xorijiy avtomobillar e’lon qilindi (unda Nexia ham bor)