AQShning Tesla kompaniyasi Model S sedanining ommaviy qaytarib olinishida detallar yetkazib beruvchi Bosch kompaniyasini aybdor deb hisoblamoqda. Bu haqda Handelsblatt nashriga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar berdi.
Tesla fikricha, aynan nemis kompaniyasi mashinalarning qaytarib olinishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi kerak. Biroq shu bilan birga ushbu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i berilmagan.
Tesla mart oxirida 2016 yil apreligacha ishlab chiqarilgan 123 mingta Model S elektrokarini servis markazlariga rul gidrokuchaytirgichi boltlarini almashtirish uchun chaqirtirib olishini e’lon qilgandi. Ta’kidlanishicha, boltlar sovuq iqlim sharoitida haddan ziyod korroziyalanishi sababli shikastlangan.
Bosch kompaniyasi yetkazib beradigan detallarga yo‘llarda muzlashga qarshi ishlatiluvchi ma’lum turdagi tuz salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Tesla’ning o‘z mijozlariga jo‘natgan rasmiy xatida aytilgan.
Boltlar yemirilishi oqibatida yuklamalarni ko‘tara olmay qoladi. Biroq Tesla bu nosozlik transport vositasi boshqaruvini yo‘qotishga olib kelmasligini kafolatlashini va bunda noqulaylik tug‘diradigan yagona narsa – haydovchi rulni burishda biroz ko‘proq kuch ishlatishiga to‘g‘ri kelishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi