Samarqand taksilariga taksometrlar o‘rnatilishi boshlandi

Samarqand taksilariga taksometrlar o‘rnatilishi boshlandi
Samarqand taksilariga taksometrlar o‘rnatilishi boshlandi

Yangi yilda Samarqand shahri ko‘chalarida taksometrlar o‘rnatilgan taksilar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Dilshod trans servis» avtokorxonasi xodimlari bu ishga birinchi bo‘lib kirishdilar. Ayni paytda jamiyat tasarrufidagi Nexia, Matiz, Damas rusumli 80ta avtoulovning 20tasiga shunday uskunalar o‘rnatildi.

“Bu esa yo‘lovchi uchun ham, haydovchi uchun ham qo‘shimcha qulaylik tug‘dirib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshiradi. Taksiga o‘tirgan yo‘lovchining haydovchi bilan savdolashishiga hojat yo‘q. Chunki taksometrda xizmat haqi aniq ko‘rinib turadi”, – deyiladi gazeta xabarida.

Manba: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar