13:26 / 03.06.2018
8 077

1963 yil Ferrari’si dunyodagi eng qimmat avtomobil bo‘ldi

1963 йил Ferrari’си дунёдаги энг қиммат автомобил бўлди
1963 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO poyga avtomobili 70 mln dollarga sotildi. Avtomobilni mashinalar uchun gilamchalar ishlab chiqaruvchi WeatherTech kompaniyasi egasi, kolleksioner Devid Maknil xarid qilgan. Mashina uchun taklif qilingan summa rekord summa hisoblanadi.

Avvalgi rekord ham Ferrari sportkariga tegishli bo‘lib, 1963 yilda ishlab chiqarilgan mashina 2013 yilda 52 mln dollarga sotilgandi.

70 mln dollarga sotilgan mashina o‘z tarixiga ega bo‘lib, u 1964 yildagi Tour de France poygasida g‘olib chiqqan. Mashina rekord sondagi poygalarda ishtirok etganiga qaramay, boshqa mashinalardan farqli biror marta avariyaga uchramagan va a’lo ko‘rinishda saqlanib qolgan. Ferrari ushbu mashinadan 1962-1964 yillarda 36 dona chiqargan.

Bunday sportkarlarni amerikalik modeler Ralf Loren, kanadalik sarmoyachi Lourens Stroll va Walmart vorislaridan biri Robson Uolton kolleksiya qiladi. Shu sababli mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, sotilgan mashinaning narxi yaqin yillarda 100 mln dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1963 yil Ferrari’si dunyodagi eng qimmat avtomobil bo‘ldi