15:23 / 06.06.2018
5 139

O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi «ov» boshlandi

O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi «ov» boshlandi
Foto: «UzNews.uz»
Shu yilning 4 iyunidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi reyd boshlangan. Hozirgacha o‘nlab avtomobillar jarimaga maydonchasidan joy olgan. Bu haqda «UzNews.uz» nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga binoan avtomashinalarning yon va orqa tomonlari qoraytirilgan taqdirda, quyosh o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu kabi qoidabuzarlik eng kam oylik ish haqi miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi. Bir yil ichida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining ikki barobari, ya’ni 344.480 so‘m miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi «ov» boshlandi