
O‘zbekistonda eng noyob avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan sotuvga qo‘yildi. Bu haqida E-ijro Auksion xabar berdi.
Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki 648 million so‘m deb belgilandi. Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli(mos ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.

Xabar berilishicha, ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan. Ijro hujjati sanasi – 2014 yil.
Arizalar 31 iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosining o‘zi 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu avtoulovlar sotuvga birinchi marta qo‘yilayotgani yo‘q. Bungacha ular kimoshdi savdosiga bir necha bor chiqarilgan, biroq g‘oliblar aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bo‘lib, unda auksionlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish uchun tashkil etiladi va faqatgina elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar