Gazoo Racing bo‘linmasi tomonidan seriyalab ishlab chiqarishga tayyorlanayotgan Toyota’ning ming ot kuchiga ega sportkari narxi «haqiqiy giperkarlarnikidek» bo‘ladi. Bu haqda Toyota vakili Orlando Rodriges Motoring nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil to‘laqonli giperkar bo‘ladi, shu sababli uning narxi ham shunga muvofiqdir. Ayni vaqtda, u mashinaning narxi million dollardan oshib ketishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Shu bilan birga, Toyota vakillari yangi giperkar aynan qayerda sotilishi haqida hozircha hech qanday axborotga ega emas. Umuman olganda, avtomobil haqida batafsil axborotning o‘zi yo‘q.
Avvalroq Gazoo Racing shunday mashinani seriyalab ishlab chiqarish rejasi borligini tasdiqlagan edi, xolos. Hozircha modelning faqat konsept varianti — GR Super Sport Concept ko‘rsatilgan. Avtomobil to‘liq karbon konstruksiyali va olti silindrli biturbo gibrid dvigatelli bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda.
Foto: «Motor»
Umid qilishlaricha, bunday mashina 2020 yildan boshlab chidamlilik bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnasha oladi. Shuningdek, uning oddiy, shahar ko‘chalarida yurish uchun mo‘ljallangan versiyasi ham tayyorlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi