22:53 / 23.09.2018
8 912

GM Uzbekistan yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi

GM Uzbekistan yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi
GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillarining yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, endilikda “Cobalt” (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda “Malibu Turbo”ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi.

Aytish joizki, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.

Eslatib oʻtamiz, kompaniya xizmatlarni takomillashtirishda hamda boshqa modeldagi avtomobillarning yetkazib berish muddatlarini ham qisqartirishda davom etadi va bu haqda qoʻshimcha ravishda maʼlum qilib borilmoqda.

Kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar roʻyxati quyidagi havolada taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi