19:08 / 24.10.2018
4 934

“Spark” elektromobili prototipining ikkita versiyasi ommaga tanishtirildi

“Spark” elektromobili prototipining ikkita versiyasi ommaga tanishtirildi
"23 oktyabr kuni Turin politexnika universitetining innovatsiya markazida "Olcha.uz" kompaniyasi bilan hamkorlikda va Urganch davlat universitetida "St-Energy" kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan “Spark” elektromobillari poytaxtda o‘tkazilayotgan “InnoWeek” innovatsion ko‘rgazmasida namoyish etildi", – deb xabar qildi “Turon24.uz”.

Xabarga ko‘ra, Turin politexnika universitetining innovatsiya markazida takomillashtirilgan birinchi prototip avtomobil HHO vodorod tizimi, uch fazali HPEVS AC-50, 50kVt, 96 V motoriga ega. 30 dona CALB CA100, 100 As, 9.6 kVts batareyasi bor. Maksimal tezligi – 150 km/s. Quvvat zaxirasi – 80-100 km. Quvvatlash muddati – 4 soat (220 V), tezkor quvvatlanishi 1 soat.

Avtomobil tizimi gidroliz qurilmalari orqali ishlaydi. Yurish vaqtida toza havodan vodorod ajratadi, xususan, vodorod generatori vodorod va kislorodni ajratadi va bu loyihaga taxminan 200 mln so‘m sarflangan. Sarf-xarajatlarni "Olcha.uz" qoplagan.

−Ushbu "Spark” elektromobili ehtiyot qismlarining 40 foizi o‘zimizda yig‘ilgan, 60 foizi (mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydiganlari) xorijdan sotib olingan. Hozir bu elektromobil test rejimida ishlamoqda, – deydi Turin politexnika universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alisher Ashurov.

Urganch davlat universitetida "St-Energy" kompaniyasi ikkinchi prototipni yaratish fikrini 2013 yilda o‘rtaga tashlagan. 2016 yilda ular gibridlarning birinchi versiyasini ishlab chiqish boshlangan. Bu "Spark” elektromobili quyosh batareyalari bilan ishlaydi.

Dvigatel kuchi 15 kVt, gel batareyasi 100A, mashina zaryadlash vaqti – 4-5 soat. Umumiy kuchlanish 14 kt kuchga ega 130 V ni tashkil qiladi. Elektr avtomobilining tezligi 90-100 km/soat. Bir marta zaryadlanganda 100 kilometrcha masofani bosib o‘tadi. Batareyalarni zaryad qilish uchun elektr quvvati – 10-15 kVt/s.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Spark” elektromobili prototipining ikkita versiyasi ommaga tanishtirildi