O‘zbekistondan avtoulovlar Ufa avtosalonlariga yetkazildi, ammo ular hali xaridorlarga taklif qilinmadi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta»nashriga tayanib «Kun.uz».
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil narxlari keskin ko‘tariladi: R3 sedanining maksimal komplektatsiyasi uchun diler 1 000 050 rubl so‘raydi, shunga o‘xshash R4 uchun - 1 089 000 rubl. Avval bu mashinalar mos ravishda 579 ming va 629 ming rubl edi.
«Narxlar hali tasdiqlanmagan, shuning uchun avtoulovlarni hozircha sotib olib bo‘lmaydi», - dedi Ufadagi avtosalon menejeri «RG»ga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, narxlar yuqorida aytilgan miqdorga yaqin bo‘ladi - ya’ni, bir million rubldan oshadi. Boshqacha aytganda, Ravon avtomobillari byudjet kategoriyasidan chiqadi (Ravon R2 uzoq vaqt Rossiyada eng arzon xorijiy avtomobil bo‘lgan).
«Bu holatda ular xaridorlar uchun qiziqarli bo‘ladimi - bu katta savol. Shuni istisno etib bo‘lmaydiki, ba’zi dilerlar GM Uzbekistan bilan ishlashdan voz kechishadi, ular bunday hamkorlik istiqbolsiz ekanligini tushunadilar», - deya ma’lum qilgan «RG».
Ravon’ning Rossiyadagi vakillari izoh berishmagan. Brendning rasmiy saytida narxlar ro‘yxati yo‘q, sababi «narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar to‘rt oydan beri Ravon avtomobillarini sotib ololmayotgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi