07:31 / 27.11.2018
6 132

Yevropaning “2019 yil avtomobili” uchun asosiy da’vogar modellar e’lon qilindi

Yevropaning “2019 yil avtomobili” uchun asosiy da’vogar modellar e’lon qilindi
Car of the Year tanlovi hay’ati Yevropaning “2019 yil avtomobili” nomini olish uchun 7 ta asosiy avtomobilni tanlab oldi.

Joriy yilda 23 ta davlatdan 60 jurnalist 42 ta modeldan 7 ta eng yaxshisini tanlab olishiga to‘g‘ri keldi. Final bosqichda hay’atning har bir a’zosi 25 ballni eng yoqqan mashinalar orasida taqsimlashi kerak bo‘ladi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra yil avtomobili aniqlanadi. Natijalar 2019 yil bahorida ma’lum qilinadi. Ovoz berish vaqtida har bir finalchi avtomobil bir jurnalistdan 10 balldan ko‘proq ball ololmaydi.

Finalchilar ro‘yxatiga quyidagi modellar kiritilgan:

Alpine A110 sportkari;
4-avloddagi Ford Focus;
3-avloddagi Kia Ceed;
Peugeot 508 oilasi;
Citroen C5 Aircross krossoveri;
Jaguar I-Pace elektr krossoveri;
A-sinfidagi Mercedes-Benz xetchbegi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yevropaning “2019 yil avtomobili” uchun asosiy da’vogar modellar e’lon qilindi