12:17 / 24.12.2018
5 640

«O‘zavtosanoat» 32 ta dilerlik korxonalardagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi

«O‘zavtosanoat» 32 ta dilerlik korxonalardagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi
«O‘zavtosanoat» AJ 32 ta dilerlik korxonalari ustav fondlaridagi o‘z ulushlarini auksion savdolariga qo‘yganligini ma’lum qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu qaror xususiy dilerlik korxonalari sonini ko‘paytirish maqsadida qabul qilingan.

Savdolarga avtomobillar sotuvining shaffof tizimlari rivojiga va ularga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatishga investitsiya kiritish istagida bo‘lgan xususiy investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) taklif etiladi.

Auksion savdolari tashkilotchisi – «Respublika mulk markazi» AJ. Savdolar 2019 yil 21 yanvarda o‘tkaziladi.

Savdolarda qatnashish uchun dilerlik korxonasi ustav kapitalidagi ulush boshlang‘ich qiymatining 15 foizini o‘tkazish talab etiladi.

Quyida ulushlari sotuvga qo‘yilgan dilerlik korxonalari nomlari va ularning boshlang‘ich narxlari bilan tanishishingiz mumkin:



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» 32 ta dilerlik korxonalardagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi