
“Avito” savdo maydonchasida ikkita noyob Lada Revolution prototiplari sotilishi haqidagi e’lon joylashtirildi.
Ikkala avtomobil ham 2006 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 1,6 litrli va 165 ot kuchiga ega VAZ-21086-29 dvigateli hamda 6 pog‘onali sekvental uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashinalardan biri sariq, ikkinchisi qizil rangda va narxi 1,5 mln rublni tashkil qiladi.

Foto: avito.ru
Haydovchiga mashinaning usti ochiqligi va og‘irligi bor-yo‘g‘i 670 kgni tashkil qilishidan tashqari, qo‘shimcha opsiyalar taklif qilinmaydi.
Sotuvchi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar pachaqlanmagan va bo‘yalmagan, avval faqat bir kishi tomonidan minilgan va poygalarda ishtirok etishga tayyor holatda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar