Rossiyada o‘zbek avtomobillarining narxlari arzonlashdi

Rossiyada Daewoo brendi ostida sotiladigan GM Uzbekistan avtomobillarining, shuningdek Xitoyning Great Wall avtomobillarining narxlari arzonlashdi, Bu haqda «Rossiyskaya gazeta»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
O‘zbek avtomobillari rusumiga qarab 40 – 70 ming rubl (taxminan 600 – 1000 dollar)ga arzonlashgan. Qayd etilishicha, dekabr oyi o‘rtalarida Daewoo avtomobillari 30 foizga qimmatlashgan bo‘lib, narxlarning arzonlashtirilishi marketing yurishi sifatida baholanmoqda.
En arzon avtomobil rusumi – Matiz narxi 290 ming rubl (taxminan 4500 dollar) bo‘lsa, Nexia 325 ming rubl (5000 dollar), Gentra esa 448 ming rubl (taxminan 7500 dollar) qilib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing