Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan haydovchi va yo‘lovchilar havfsizligini ta’minlash, fuqarolarning bayram kunlari mazmunli hordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ba’zi ko‘chalarda transport qatnovi cheklanadi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati 30 dekabr kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, bu haqda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan alohida farmoyish qabul qilingan.
Farmoyishga asosan Sharof Rashidov ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha, Furqat ko‘chasining Navoiy ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha, Ahmad Donish ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Yunusota ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida 2014 yilning 29 dekabridan 2015 yil 8 yanvarigacha soat 15:00dan 23:00ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
Shuningdek, Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ham 2014 yilning 30 dekabridan 2015 yilning 1 yanvar kunigacha soat 9:00dan soat 16:00ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
Shuningdek, 2014 yil 29 dekabridan 2015 yilning 8 yanvariga qadar yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan Yashnobod tumanidagi “Markaziy ofiserlar uyi”, Bektemir tumanidagi “Quyosh nuri” bog‘i, Sergeli tumanidagi Sergelilandiya savdo markazi, Chilonzor tumanidagi Roison Electronics korxonasi old maydonlariga tutash ko‘chalarda xalq sayllari o‘tkazilayotgan paytlarda vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovini vaqtincha to‘xtatishga ruxsat etiladi.
“Harakat xavfsizligi taqozo etganda boshqa ko‘chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin”, – deyiladi hokimlik axborotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing