Foto:@autonews.ru
Jenevadagi avtomobil koʻrgazmasida davlatning birinchi shaxslari uchun ishlab chiqilgan “Kortej” loyihasi doirasida avtomobillarni ishlab chiqaruvchi rus brendi Aurusʻning oltin sedani taqdim etildi.
Aurus bosh direktori Frans Gerxard Xilgert tomonidan taqdim etilgan taqdimot videosi jurnalist Pavel Fedorov tomonidan uning Instagramʻdagi sahifasida eʼlon qilindi.
“Aurus brendining Jenevadagi taqdimoti. Natijada rang «Rossiya oltini”, — deb yozadi muxbir.
Jeneva avtomobil koʻrgazmasida Aurus Senat S600 sedani va quyuq jigarrang rangdagi Aurus Senat Limuzin L700 limuzinlari taqdim etildi.
Fevral oyi boshida Abu-Dabida boʻlib oʻtgan IDEX-2019 qurollar koʻrgazmasida prezidentning Aurus limuzinining saloni koʻrsatilgandi. Mashinaning ichi charm va yogʻoch bilan qoplangan, panelda ikkita monitor mavjud. Yoʻlovchi oʻrindiqlari multimedia tizimi bilan jihozlangan, oddiy oynalar oʻrniga, tashqi tasvirni aks ettiradigan ekranlar oʻrnatilgan.
Ilk bor Aurus limuzini keng ommaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida 2018 yilning may oyida taqdim etilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar