Yevropa biznesi uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, Ravon Rossiyada toʻqqiz oydan beri avtomobillar sotmayapti.
2019 yilning fevralida kompaniya bitta ham avtomobil sotmagan, sababi ular hali ham savdoda yoʻq. Kompaniyaning bozordagi ulushi 0 foizga tushib ketdi. 2018 yil fevralida esa bu koʻrsatkich 1,1 foizni tashkil etgandi.
Bunday pasayish shu bilan izohlanadiki, Ravon Rossiyada avtomobillarni soʻnggi bor 2018 yilning may oyida sotgan. Oʻshanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yoʻqolib qoldi. Taqqoslash uchun: 2018 yilning fevral oyida Ravon 1,5 mingga yaqin avtomobil sotdi.
Oʻzbekiston 2018 yil oʻrtalarida avtomobil eksportini toʻxtatdi. Yil oxiriga kelib, “Oʻzavtosanoat” xorijiy bozorlar konyukturasini oʻrganish maqsadida avtomobillar partiyasi joʻnatilganini xabar berdi, ammo ular hali sotuvga chiqarilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi