Avtomobillarga qiziquvchi BAAlik shayx Xamad bin Xamdan al Naxayyan koʻpchillikka yaxshi tanish. Uning garajida 100 ga yaqin gʻayrioddiy avtomobillar toʻplangan.
Bu safar shayx uzunligi 11 metrli usti ochiq yoʻltanlamas avtomobil sohi boʻldi. Avtomobil amerika harbiy yuk avtomobili Oshkosh M1075 asosida yasalgan boʻlib, uning 5 ta oʻqi va 10 ta gʻildiragi bor. Avtomobil ogʻirligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega boʻlgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.
BAA dizaynerlari tomonidan yasalgan avtomobil tashqi koʻrinishi 40 yillar avtomоbillarini eslatadi. Old va orqa faralari esa amerika avtomobillaridan olingan.
Avtomobil shayxga necha pulga tushganini tasavvur qilish ham qiyin. Ehtimol ushbu pulga butun boshli avtopark sotib olsa boʻlar, lekin kolleksioner uchun aynan hech kimda yoʻq noodatiy avtomobil qadrlidir.
Ha aytmoqchi, shayx bin Xamdan al Naxayyan garajida undan tashqari yana bir necha gʻalati avtomobillar bor: big fut gʻildirakli Mercedes W123, ulukan Willys, kengligi 3 ta avtomobilga teng Jeep, 8 balonli Nissan Patrol, Eshiksiz Rolls Roys, yoʻltanlamas Ford Mustang va boshqalar bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi