10:07 / 25.03.2019
5 547

Xitoyda vodorodda yuruvchi avtomobil namoyish qilindi

Xitoyda vodorodda yuruvchi avtomobil namoyish qilindi
Foto: “Korrespondent.net”
Xitoyning Wuhan Grove Hydrogen Automobile kompaniyasi vodorodda ishlaydigan 1000 km masofa zaxirasiga ega elektr transport vositasi prototipini taqdim etdi, deb [leech=Foto: “Korrespondent.net”]xabar beradi[/leech] “Daryo”.

“Xitoy sanoati elektromobillar ishlab chiqarish sohasini jadal rivojlantirmoqda. Biroq batareyali elektromobillar tufayli koʻpchilik boshqa bir istiqbolli ixtiro — vodorod bilan ishlaydigan elektromobillar haqida unutishadi”, — deb yozadi nashriyot.

Bunday transport vositalarida vodoroddan elektr toki ajratib oluvchi elektr stansiyasi mavjud boʻlib, global ekologik samaradorlik nuqtai nazaridan anʼanaviy batareyalarga ega boʻlgan boshqa elektromobillardan yaxshiroqdir.

Vodorodda yuruvchi avtomobilning prototipi 2020 yilda konveyerga qoʻyilishi kerak. Uning ekstravagant dizaynidan tashqari asosiy xususiyati shundaki, elektromobil bir yurishda ming kilometr masofani bosib oʻtishga yetadigan quvvat zaxirasiga ega.

Ishlab chiqaruvchining maʼlumotlariga koʻra, elektromobilning toʻliq zaryad olishi bir necha daqiqani tashkil etadi. Ayni paytda, eng koʻp energiya zahirasiga ega vodorodda yuruvchi seriyali ishlab chiqarilgan elektromobil — Honda Clarity 750 km masofaga yura oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda vodorodda yuruvchi avtomobil namoyish qilindi