Xabaringiz bor 2018 yil soʻnggida Lego kompaniyasi bir qarashda imkonsiz boʻlgan – Bugatti Chiron giperkarining ishchi nusxasini taqdim etgan edi. 1,5 tonna vaznga ega avtomobil haqiqiy gʻildiraklar, batareyalar, mexanik spoylerlar va hatto motorga ham ega boʻldi.
Barchani hayratga solishdan toʻxtamaydigan Lego yana bir loyihaga qoʻl urdi. Gap shundaki Lego qismlaridan yasalgan va asl nusxasini toʻliq takrorlaydigan McLaren Senna avtomobilining nusxasi taqdim etildi.
Lego korxonasining tanloviga kelsak McLaren Senna modelining eksklyuziv avtomobil ekanligi sabab boʻldi. Mazkur Lego modelli avtomobil 500 nusxagina chiqariladi. Narxi esa hayratlanarli, 837000 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur avtomobillar Angliyaning Surrey shahridagi McLaren zavodida ishlab chiqariladi.
Yarim millionga yaqin Lego qismlaridan yaralgan ushbu modelni yigʻishda 42 nafar muhandis deyarli 100 kun mobaynida tinmasdan mehnat qilishgan. Taʼkidlash kerakki, muhandislar avtomobilni yaratishda haqiqiysiga yaqinlashishga uringan. Jumladan, karbonli oʻrindiqlar, boshqaruv ruli, pedallar va kompaniya ramzi tushirilgan nishonlar, pedal hamda avtoshinalarini haqiqiysidan ajratib boʻlmaydi.
McLaren Senna nusxasi koʻnilochar tizim, eshik hamda yoritgichlar bilan jihozlangan. Model soatiga 20 kilometr tezlikkacha chiqa oladi. Shunga qaramay, siz gaz pedalini bosganingizda model soatiga 335 km tezlikda harakatlanayotgandek tovushli taassurotni beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin