O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyaning Derways zavodi bilan o‘z modellarini cherkes korxonasida yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda Ravon konveyerini yig‘ish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yozning o‘rtalaridan boshlab modelni pilot loyihasi doirasida yig‘ish boshlanadi, keng miqyosli ishlab chiqarish esa yil oxirlariga borib yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, joriy yilda Rossiya bozoriga faqatgina O‘zbekistondan import qilingan avtomobillar keltiriladi.
Ravon avtomobillarini 2018 yilning may oyidan boshlab Rossiyaga eksport qilish to‘xtatilgan edi. Kompaniya buni narx-navoning qayta ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modelining sezilarli ravishda o‘zgargani bilan izohlagan. Ammo joriy yilning boshida ushbu rusumdagi mashinalar yana Rossiyaga yetkazish boshlangani haqida xabar tarqalgan.
Ta’kidlash joizki, Ravon rasmiy saytida kelishuv haqida hech narsa ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar