
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-aprel oylarida 79,6 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqardi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 49,6% ga ko‘p demakdir.
O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 2 karra ortgan va 1719 donani tashkil etgan.
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-aprel oylarida 593 dona avtobus ishlab chiqargan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 marta ko‘pdir.
Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi hajmi 2019 yilning yanvar-aprel oylarida 63,76 ming donani tashkil qilgan. 2018 yilning yanvariga taqqoslaganda, bu ko‘rsatkichda o‘sish miqdori 56,4% ni tashkil etgan.
2019 yilning yanvar-aprel oylarida traktorlarni ishlab chiqarish hajmi 164 donani tashkil etgan, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 79,7% ga kam demakdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar