12:13 / 21.05.2019
4 900

Mutaxassis: «Issiq havoda ayrim avtomobil chiroqlarini yoqib yurish xavfli»

Mutaxassis: «Issiq havoda ayrim avtomobil chiroqlarini yoqib yurish xavfli»
Keyingi paytlarda avtomobillarning issiq havoda chiroqlarini yoqib yurishi natijasida ularning yonib ketayotgani haqidagi xabarlar ko‘p tarqalmoqda. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Bunday avtomobil yong‘inlari haqiqatan ham chiroqlarni yoqib yurish oqibatida kelib chiqyaptimi?

«Zarnews» nashri bu haqda «Avto binokor servis» MChJning avtomobillarga elektr xizmat ko‘rsatish ustasi Ulug‘bek Erdanovning fikrlarini so‘radi:

– «Chevrolet Cobalt», «Chevrolet Gentra» va keyingi paytlarda respublikamizda chiqayotgan qimmat narxdagi avtomobillarning faralaridagi himoya vositalari kuchli bo‘lgani sababli issiq havoda ham ularning chiroqlarini yoqib yurish zararsiz. Ammo «Lacetti», «Nexia» va undan arzon turdagi mashinalar bunga moslashmagan.

Ularning chiroqlarini issiq havoda uzoq vaqt yoqib yurish himoya oynalarini eritib yuboradi. Qolaversa, bu narsa mashina akkumulyatori va elektr simlarini ham tez muddatda ishdan chiqaradi. Shuning uchun bu turdagi avtomobillarga xavfsiz qo‘shimcha chiroq o‘rnatish kerak. Aks holda, avtomobillarda bunday yong‘inlar tez-tez kuzatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mutaxassis: «Issiq havoda ayrim avtomobil chiroqlarini yoqib yurish xavfli»