20:55 / 10.06.2019
3 262

«O‘zavtosanoat» elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda

«O‘zavtosanoat» elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish hali erta. Bu haqda 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda «O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.

«Bu bozor, biz sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishimiz kerak. Elektromobillarning o‘rtacha narxi 35−40 ming $ atrofida o‘zgarib turadi, men ‘Spark’dan kichikroq bo‘lgan Xitoy elektromobillarining arzon segmenti haqida gapirmayapman, ularni bozorda 10−12 ming dollarga topish mumkin. Hech kim ularni shunday narxga sotib olmaydi», — dedi kompaniya vakili.

Rustam Qodirovning ta’kidlashicha, mamlakatda elektr energiyasining arzonligiga qaramay, kamida yuz ming elektromobil sotiladi deb hisoblashga hali erta.

«Elektromobil» tushunchasi uydagi rozetkaga ulash va yarim soatdan so‘ng yo‘lga otlanish mumkin degani emas:

«Elektrobilni uydagi elektr rozetkasidan zaryad qilish uchun kamida bir necha soat kutish kerak bo‘ladi. Tasavvur qiling, Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofa 350 kilometrni tashkil qiladi, elektr transport vositasi, masalan, Tesla’niki 300 kilometrga etadi. Demak men yo‘l bo‘yida to‘xtashim, uni elektr manbaiga ulab 4 soat kutishim kerak bo‘ladi», — deydi «O‘zavtosanoat» AK boshqarmasi boshlig‘i.

Kompaniya kerakli infratuzilmani hozirdan yaratish maqsadida (hozirgi vaqtda elektromobillarni ishlab chiqarish hatto yaqin kelajakdagi rejalarda ham mavjud emas) bir nechta idoralar bilan ish olib bormoqda.

Yangi yo‘llar, binolar, avtoturargohlarni qurish vaqtida infratuzilma bosqichma-bosqich barpo etilib boriladi. Bularning barchasi juda ko‘p vaqt va katta resurslarni talab qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» elektromobillar uchun infratuzilma yaratish ustida ishlamoqda