
Foto: «Toshshahartransxizmat»
«Toshshahartransxizmat» AJ va Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan Ye420 «Vitovt Elektro» rusumli elektrobus keltirilgan edi.
«Toshshahartransxizmat» xabar berishicha, ushbu transport vositasini yo‘nalishga biriktirish oldidan mutaxassislar tomonidan elektrobusning texnik imkoniyatlari, quvvat sarfi o‘rganildi. Buning uchun u bir necha yo‘nalishlarda harakatlantirib ko‘rildi.
Shundan kelib chiqib, poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri – 41 — «Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori» (Ippodrom) yo‘nalishi elektrobusni sinovdan o‘tkazish uchun har taraflama qulay, deb topildi.
Chilonzor buyum bozori oldidagi tirbandlikni inobatga olib, elektrobus Chilonzor buyum bozoridan qaytishda qo‘shimcha yo‘ldan emas, balki asosiy yo‘ldan harakatlanishi belgilandi.
Elektrobus bugun, 14 sentyabrdan yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar