Kecha, 28 yanvarda Qozog‘istonda «O‘zavtosanoat» AJ va «Allyur kompaniyalar guruhi» AJ hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish haqida kelishuvga erishdi. U modellar qatori assortimentini va eksport hajmini kengaytirish, yangi eksport bozorlariga chiqish va yangi dilerlik korxonalarini ochishni ko‘zda tutadi, deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin ishtirokida «O‘zavtosanoat» AJ va «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi» AJ o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasida qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarning xalqaro lizingi to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha «SariarkaAvtoProm» MCHSh bilan 50 mln. dollarga teng avtomobillar mashinokomplektlarini yetkazib berish borasida shartnoma imzolandi.
QR Bosh vaziri A.Mamin Milliy avtomobil paviloniga tashrif buyurdi, u yerda 2020 yildagi Qozog‘iston avtomobil sanoatini rivojlantirish rejalari bilan tanishdi. Ushbu tashrif davomida Bosh vazir va Qozog‘istondagi turli idoralar rahbarlariga o‘zbek avtosanoatining yangi va istiqbolli modellar qatori taqdim etildi. Yangi modellarga QR Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar tomonidan katta qiziqish bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi