17:55 / 31.01.2020
4 608

Qozog‘istonlik avtoishqibozlar qaysi brendni afzal ko‘radi?

Qozog‘istonlik avtoishqibozlar qaysi brendni afzal ko‘radi?
Qozog‘istonda 2019 yilda rasmiy dilerlar tomonidan 71 mingdan ziyod avtomobil sotilgan, deb xabar berdi Kazinform muxbiri «QazAvtoO‘nerkasip» ittifoqiga havola qilib.

«2019 yil yakuniga ko‘ra, rasmiy dilerlar 71 417 avtomobil sotgan, bu bir yil avvalgi ko‘rsatgichdan 23,3 foiz ko‘proqdir. Hisobot davrida qozog‘istonliklar yengil avtomobil olishga 654,3 mlrd tanga (1,7 mlrd AQSH dollari) sarfladi, bu 2018 yilgi ko‘rsatgichdan 31,8 foiz ortiq», - deyilgan xabarda.

Avtomobil sotib olgan 42205 odam (59,1 foizi) Qozog‘iston zavodlari mahsulotini tanlagan. Shuningdek, o‘tgan yil 12 oyida sotilgan 29 212 ta avtomobil (40,9 foiz) import hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu davr mobaynida Qozog‘istonda eng talab yuqori brend Lada bo‘lib turibdi. Respublika hududida 15 366 ta Rossiya avtosi sotilgan. Ikkinchi o‘rinda 14 853 ta avtomobil bilan Hyundai turibdi. 14 197 avtomobil sotgan Toyota esa uchinchi o‘rinda. Shuningdek KIA (3 758 avto) va Ravon (3 651) brendlari kuchli beshlikdan joy olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘istonlik avtoishqibozlar qaysi brendni afzal ko‘radi?