
Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi koronavirus pandemiyasi ortida ijtimoiy masofalashuvga amal qilish muhimligini ta’kidlash maqsadida o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi.
Kompaniya logotipining “karantin” variantida uch nurli yulduz uning atrofidagi aylana bilan tutashmagan. Ma’lumki, kompaniyaning an’anaviy logotipida yulduz aylana bilan tutashgan holda tasvirlagan. Yangi logotipda esa yulduz kichraytirilib, u bilan aylana o‘rtasida masofa hosil bo‘lgan.

Facebook/Mercedes-Benz
Kompaniya shu tariqa pandemiya vaqtida odamlar o‘zini koronavirusdan himoyalash va uni boshqalarga yuqtirmaslik uchun o‘zaro masofa saqlashlari lozimligini targ‘ib qilgan.
Avvalroq Audi va Volkswagen kompaniyalari ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadda logotiplarini o‘zgartirgandi. Ushbu kompaniyalar ham shu yo‘l bilan ijtimoiy masofalashuv muhimligini yana bir bor eslatib qo‘yishgan.
Mercedes-BenzAvtomobilsozlik KompaniyasiKoronavirus PandemiyasiIjtimoiy MasofalashuvLogotip O‘zgarishiYulduz Aylana O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing