
Foto: The Maui News / MATTHEW THAYER
Havayining Maui orolida ijaraga beriluvchi avtomobillarning 100 km.ga cho‘zilgan «qabristoni» topildi.
Bu haqda Maui News nashri xabar berdi.
Orolda koronavirus pandemiyasi sharoitida sayyohlar yo‘qligi sababli avtomobillar ijarasiga talab keskin tushib ketgan. Avtomobillarni ijaraga beruvchi ko‘plab kompaniyalar o‘z avtomobillarini qo‘yish uchun joy izlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Foto: The Maui News / MATTHEW THAYER
Shu tariqa, oroldagi qamish o‘suvchi dalada 18 mingta mashina paydo bo‘ldi. Ulardan ko‘pi mahalliy aeroport – Kaxuluida qo‘llangan.
Hozirda orol to‘liq izolyatsiya qilingan, bunday avtoturargohlar esa borgan sari kengayib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda orolda ijaraga beriluvchi 20 ming avtomobildan 2,5 mingga yaqini ishlatilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar