Foto: Motor
BMW kompaniyas krossoverlar urfga kirayotgan bo‘lsada, sedanlar ishlab chiqarishni davom ettiradi, chunki ushbu modellarga barqaror talab mavjud. Bu haqda markaning bosh dizayneri Domagoy Dukech Autoblog nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, krossoverlar ommalasha borayotganiga qaramay, kompaniya sedanlar ishlab chiqarishni davom ettiradi. X6 modeli orqali kupesimon krossoverlar janrining asoschisiga aylangan bavariyaliklar sedanlar modelini yanada rivojlantirish niyatida. Dizayner tushunarliroq bo‘lishi uchun mashinalarni zamonaviy me’morchilik namunalari bilan qiyosladi: krossvoerlar insonlarning har kuni yashaydigan uyi bo‘lsa, sedanlar — nafis uy.
Birinchi holat — oshxona va mehmonxonani bitta hududda birlashtirgan makon ko‘rinishida bo‘lsa, ikkinchisi, o‘z vazifasiga ega alohida-alohida xonalarga ega. Dukechning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda va boshqa ayrim bozorlarda «Amerikacha uslub»ni emas, aynan «nafis me’morchilikni» ma’qul ko‘rishadi, ya’ni sedanlarda salon va yukxona alohida-alohida ajratilgan. Amerikalik va yevropaliklar, aksincha, krossover kabi har qanday vaziyatda kerak bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan universal modelni ma’qul ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»