Kadr: YouTube
Jaguar modellarini qayta ishlab, o‘z markasi ostida taqdim etish bilan tanilgan Britaniyaning Lister kompaniyasi «eng tezkor krossover»ning navbatdagi tizeri bilan bo‘lishdi. Bu modernizatsiyaga uchragan F-Pace SVR modeli bo‘lib, u soatiga 322 kilometr tezlikka chiqa oladi, deb xabar qiladi Motor'ga asosan Daryo nashri.
Lister krossoveri haqida dastlab 2018 yilning bahorida ma’lum bo‘lgan. O‘shanda model LFP (Lister F-Pace) deb nomlangan edi. Hozirda model Stealth deya nomlangan bo‘lsa-da, texnik tavsiflari shundayligicha qolgan: 5,0 litrli V8 kompressor dvigateli o‘rnatilgan, maksimal tezligi 322 km/soat va 250 nusxada ishlab chiqariladi. Lister Stealth ushbu ko‘rsatkichi bilan Bentley Bentayga Speed (306 km/soat) va Lamborghini Urus’ni (305 km/soat) ortda qoldiradi. Mashina 60 mil/soat tezlikka (97 km/soat) 3,5 soniyada chiqa oladi.
Krossover 550 ot kuchi va 680 Nm aylanishlar momentiga ega modernizatsiyalashgan 5,0 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi. Biroq Lister Stealth foydali ish koeffitsiyentini 666 kuchga qadar chiqara oladi, bu esa metrik o‘lchovlarda 675 ot kuchini tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi