Foto: Avtogespot
Internetda Germaniya yo‘llarida soatiga 372 km tezlikda harakatlanayotgan LaFerrari avtomobili videosi tarqaldi, deb xabar beradi Carakoom.
Ferrari LaFerrari avtomobili ilk marta 2013 yilda ishlab chiqarilgan. U 789 ot kuchiga va 6,3 litrli V12 motorga ega edi. Gibrid tizim bilan esa uning quvvati 950 ot kuchiga yetdi.
Videorolik haydovchining ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilib olib, katta tezlikda harakatni davom ettirishi bilan boshlanadi. Haydovchi gaz pedalini oxirigacha bosadi, shundan so‘ng avtomobilning tezligi oshib boraveradi, yettinchi tezlikka olinganidan keyin avtomobil e’lon qilingan maksimal tezligi soatiga 349 kilometrni ham ortda qoldira boshlaydi. Haydovchi tezlikni soatiga 360, keyin esa 372 kilometrga yetkazadi.
Ferrari LaFerrari ishlab chiqarishni 2016 yilda to‘xtatib, uning o‘rniga ochiq tomli Ferrari LaFerrari Aperta ishlab chiqarishni boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»