Foto: Autohome
Internetda BMW X7’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Xitoyning Hongqi E115 krossoveri suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Autorambler.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, kamuflyaj qilingan avtomobil 2019 yili Guanchjou avtosalonida namoyish etilgan shou-karning chizgilarini takrorlamoqda. Biroq bu yerda futuristik tashqi ko‘rinish Rolls-Royce uslubidagi ingichka vertikal radiator panjarasi hamda kamuflyaj ortida ham ko‘rinib turgan boshqa detallar bilan boyitilgan.
Foto: Autohome
Seriyali E115 proporsiyalari va o‘lchamlaridan tashqari konseptning yorug‘lik diodli optikasi, ochiluvchi tom va xromlangan orqa oyna tirgaklarini ham o‘zida mujassamlashtirgan. Carscoops tomonidan e’lon qilingan boshqa suratlarda esa krossoverning old qanotlariga gorizontal dekorativ detal o‘rnatilganini ko‘rish mumkin, konseptda u vertikal joylashgan edi.
Foto: Autohome
Orqa tomonida esa konseptdagidek shaklga ega, ularni bog‘lovchi ingichka yorug‘lik diodli fonarlar joylashgan.
Suratlarga ko‘ra, yangi model multimedia displeyi, raqamli qurilmalar va salondagi iqlimni nazorat qilishni boshqaruvchi alohida planshet-ekranga ega bo‘ladi.
Foto: Autohome
Foto: Autohome
Hongqi E11 ikkita elektromotor bilan taklif etiladi: birinchisi — 218 ot kuchli, ikkinchisi esa 299 ot kuchiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi