Porsche kompaniyasi xarid qilingan avtomobilning Suffenxauzendagi zavoddan mahalliy dilergacha bo‘lgan jarayonini kuzatish imkonini beradigan Track Your Dream mobil ilovasini taqdim etdi, deb xabar beradi Daryo.uz.
Koronavirus pandemiyasi avtomobilsozlik kompaniyalarini mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida taklif etiladigan onlayn xizmatlar assortimentini kengaytirishga majbur qildi. Porsche ham Track Your Dream mobil ilovasini taqdim etdi. Uning yordamida xaridorlar o‘z avtomobilining yig‘ilish jarayonini kuzatishi ham mumkin. Ilova hozircha faqat 911 modelida ishlaydi va sportkarning yig‘ilishiga oid barcha jarayonlarni kuzatish imkonini beradi — Suffenxauzndagi konveyrning yig‘ish liniyasidan tortib, mahalliy dilergacha videokamera o‘rnatilgan.
Germaniyadagi zavoddan belgilangan joyga yetib borguniga qadar avtomobil 14 ta bosqichni bosib o‘tadi, xususan, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, yig‘ish va logistika. Tez orada ilovadan birinchi Taycan elektromobili egalari foydalanishi mumkin. Ayni vaqtda Track Your Dream’da AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya va Ispaniyadagi yangi sportkarlarning xaridorlari foydalanishi mumkin, ilovaning geografik faoliyat ko‘lami kengayishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi