Kadr: YouTube
YouTube’dagi Carwow kanali mualliflari Ferrari 488 Pista, Lamborghini Aventador SV va McLaren 720S maxsus versiyalari o‘rtasida duel uyushtirdi.
Lamborghini Aventador SV 2015 yildan boshlab seriyali ishlab chiqarilmoqda. Superkar 750 ot kuchi va 690 Nm aylanuvchi momentga ega 6,5 litrli V12 atmosfera dvigateli yordamida harakatga keladi. 1570 kilogramm og‘irlikka ega avtomobil narxi 315 ming funt sterlingdan boshlanadi.
Foto: Lamborghini Aventador SV
Ferrari 488 Pista — duel uchligidan o‘rin olgan eng yengil va eng zamonaviy mashina hisoblanadi. Model 2018 yilda taqdim etilgan bo‘lib, unga 720 ot kuchiga ega 3,9 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. U yetti pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. Og‘irligi 1390 kilogramm bo‘lib, Buyuk Britaniyada 300 ming funt sterling turadi.
Foto: Ferrari 488 Pista
McLaren 720S modeli 488 Pista’dan bir yil oldin taqdim etilgan. Britaniya superkariga 4,0 litrli V8 tvin-turbo dvigateli o‘rnatilgan. 720 ot kuchi va 770 Nm aylanuvchi moment hosil qilishga qodir dvigatel yetti pog‘onali «robot» yordamida boshqariladi. Og‘irligi 1420 kilogramm bo‘lib, narxi 150 ming funt sterlingga teng.
Foto: McLaren 720S
McLaren italyan superkarlaridan ikki barobarga arzon bo‘lsa-da, 720S texnik tavsifi jihati bo‘yicha raqobatchilaridan ortda qolmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari