«UzAvto Motors» AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.
Sud shu yilning 2 oktabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi shikoyat arizasi ko‘rib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi qarorida «UzAvto Motors» AJdan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi.
«Ko‘ramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkin. Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasinda ishqilib», — deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi