17:30 / 04.11.2020
2 559

Rezvani kompaniyasi olti g‘ildirakka ega dunyodagi eng kuchli pikapni namoyish etdi

Rezvani kompaniyasi olti g‘ildirakka ega dunyodagi eng kuchli pikapni namoyish etdi
Foto: Instagram / Rezvanimotors
Kaliforniyaning Rezvani brendi o‘zining Instagram sahifasi orqali Hercules 6x6 modelining yangi tasvirlari bilan bo‘lishdi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangi model «sayyoradagi eng kuchli olti g‘ildirakli pikap»ga aylanadi va Hercules 6x6’ni «pikaplar xudosi» deb atashmoqda, deb xabar beradi Motor.

Hercules 6x6’ga oid dastlabki ma’lumotlar shu yilning yozida paydo bo‘lgan. O‘shanda uning bazaviy motori 289 ot kuchi va 252 Nm aylanuvchi momentga ega 3,6 litrli V6 atmosfera dvigateli tashkil etishi aytilgandi. Muqobil sifatida 507 ot kuchiga (583 Nm) ega 6,4 litrli V8, top versiyaga esa 1014 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 turbomotori taklif etilmoqda.

Hozircha dunyodagi eng kuchli pikap Ram 1500 TRX bo‘lib, unga 712 ot kuchi va 881 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 6,2 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan.

Hercules 6x6 Rezvani’ning boshqa modeli — Tank yo‘ltanlamasi kabi zirhlangan versiyaga ega bo‘ladi. Shuningdek, pikap Tank’ning dizayni va Falken Wildpeak yo‘ltanlamas rezinasi bilan jihozlanadi.

Foto: Instagram / Rezvanimotors
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hercules 6x6 modelining narxi 300 ming dollardan qimmatroq bo‘ladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi hozirda buyurtmalarni qabul qilishni boshlagan — buning uchun 266 dollar depozitga qo‘yish lozim.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Amerikadagi Specialty Vehicle Engineering (SVE) kompaniyasi yangi Syclone pikapining versiyasini taqdim etgandi. Dunyodagi eng tezkor o‘rta o‘lchamli pikap deya e’tirof etilgan modelga 760 ot kuchiga ega V8 kompressori o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rezvani kompaniyasi olti g‘ildirakka ega dunyodagi eng kuchli pikapni namoyish etdi