Foto: «VKontakte» / Texinkom
Lada rasmiy dileri o‘zining «VKontakte»dagi sahifasiga Rossiyadagi eng qimmat nusxaga aylangan Vesta SW universalining modifikatsiyasi namoyish etilgan videoni joylashtirdi. Amalga oshirilgan tyuning sabab model narxi 1,399 million rublni (18 ming dollar) tashkil etgan, deb yozadi Motor.
Qayta ishlangan universalning asosini 113 ot kuchiga ega 1,6 litrli benzin dvigatel hamda avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan oddiy Lada Vesta SW Classic tashkil etadi. Standart jamlanmadagi universalning narxi 843 900 rublni (11 ming dollar).
Tyuningga uchragan Vesta’ning asosiy farqi kuzovining hameleon rangiga bo‘yalganida. Bundan tashqari, avtomobilga Lada Vesta Sport’ning aerodinamik «obves»i, modernizatsiya qilingan gaz chiqarish tizimi, shuningdek, 18 dyuymli qora g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan.
Mutaxssislar tomonidan o‘rnatilgan qo‘shimcha qurilmalar orasidan sensorli displeyga ega mutimediya tizimi, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera, Pioneer akustik jamlanmasi va qo‘shimcha signalizatsiya o‘rin olgan.
Lada Vesta’ni tyuning qilish uchun jami 495 100 rubl ketgan. Shunday qilib, narxi 1,399 million rubl bo‘lgan universal Rossiyadagi eng qimmat universal nusxasiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi